YAKSHANBA, 2017-DEKABR-17, 04:22:52

WWW.AJOYIB.NET

Меню сайта
Категории раздела
SHOU BIZNES
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
QIZIQARLI
DUNYO XABARLARI
MO'JIZA
AVTOMASHINALAR
KOMPYUTERLAR UCHUN
FOYDALI MASLAHATLAR
TIBBIYOT OLAMI
MOBIL_TELFONLAR
SPORT_YANGILIKLARI
TANLOV
PSIXOLOGIYA
TALAB VA TAKLIF
IBRATLI HIKOYALAR
FIKR MULOHAZA
SHERIYAT
Мини-чат
         Rang tanlash
200
Наш опрос
SIZGA QAYSI SOXA KO'PROQ YOQADI
JAVOBLAR SONI: 253
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHMON 1
FOYDALANUVCHILAR 0
Форма входа
LOGIN
PAROL:
Поиск
Календарь
«  MART 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Главная » 2012 » MART » 23 » Beva ayolning nayrangi
    16:20:33
    Beva ayolning nayrangi
    • Temir yo‘l vokzali. Kiyinishidan 
      o‘ziga to‘qligi sezilib turgan
      bo‘ychan yigit navbatda turibdi.
      Uning oldida dilbargina ayol
      paydo bo‘ldi.
      – Toshkentga ketyapsizmi, aka?
      Yo‘q demasangiz, bir kupega
      chipta olsak. Yaxshi odamga
      o‘xshaysiz. Bexavotirroq
      ketardim, – hokisorlik bilan dedi
      u.
    • – Ishqilib, hamrohim biror 
      kampir yoki chol bo‘lmasin deb,
      mening ham ichimni it
      tirnayotgan edi, – dedi yigit
      ham ichidagini sirtiga chiqarib.
      –O’tgan gal deng, bir emas, ikki
      momoqaymoq ezma-churik
      kampir bilan birga ketsam
      bo‘ladimi...
      Poezd yurishiga yarim soat
      qolganida, Qosim va Muxlisa
      allaqachon o‘z joylarini
      egallashgandi. Ular o‘zlarini bir-
      birlariga yaqin kishidek
      tutardilar. Ayniqsa, juvonning
      har ikki gapi orasida "azizim”
      deganini eshitganlar ularni er-
      xotin deb o‘ylashardi. Shuning
      uchun bo‘lsa kerak:
      – Kechirasizlar, sizlardan bir
      narsani so‘ramoqchi edim, –
      dedi boyagina kelib qo‘shilgan
      uchinchi hamroh ularga
      murojaat qilib. – Er-xotin
      bo‘lsangiz kerak. Mening joyim
      pastda ekan. Mayli desangizlar,
      men tepaga chiqsam...
      – Birinchidan, – dedi Muxlisa
      Qosimga ko‘z qisib. – Men g‘irt
      bevaman. Ikkinchidan esa
      to‘g‘ri qilasiz!
      Kupeda sho‘x kulgi ko‘tarildi.
      Uchinchi hamroh – Akrom aka
      ham gapga chechan ekan.
      – Qosimjon, bizga to‘rtinchi
      hamroh kerakmasga o‘xshaydi.
      Keling, vagon kuzatuvchisiga
      aytib, bu yog‘ini o‘zim
      tekislasam, – dedi u.
      – Ho, bizning yigitlar chaqqon
      chiqib qoldi-ku, – dedi Muxlisa
      noz-karashma bilan.
      – Ha, endi, to‘rtinchi hamroh
      qanaqa odam bo‘ladi,
      bilmaymiz-ku. Shuning uchun
      boridan yo‘g‘i afzal, nima
      dedingiz?
      – Qoyil, Akrom aka! Aslida
      firmachi emas, faylasuf
      bo‘lishingiz kerak ekan.
      Kupega to‘rtinchi kishi
      ortiqchalik qilishini erkaklar
      qatori Muxlisa ham yaxshi
      tushunardi. Shuning uchun
      qarshilik qilmadi. Akrom aka
      vagon kuzatuvchisini "rozi qilib”
      keldi. Hamkupelarning bemalol
      gaplashib ketishiga qulay
      sharoit yaratildi. Bir zumda
      dasturxon tuzashdi. Qosim
      vagon-restoranga borib,
      shampan vinosi, aroq, kolbasa
      olib keldi.
      Ikki erkak aroqni maydalashdi.
      Ammo Muxlisa na shampan
      vinosidan ho‘pladi, na aroq
      ichdi. Qancha manzirat
      qilishmasin, foydasi bo‘lmadi.
      Qosimning kayfi oshgani sayin
      juvonga tegajog‘liq qila
      boshladi. Biroq Muxlisa hech
      ro‘yxushlik bermasdi. Erkaklar
      chekkani tamburga chiqib
      ketishdi. Muxlisa paytdan
      foydalanib, sumkasidan bir
      shisha aroq chiqarib, ichiga
      uyqu dori kukunini qo‘shib
      yubordi. Hamrohlari qaytib
      kupega kirishganida esa:
      – Toshkentlik jiyanimga deb
      tozasidan ikki shisha oluvdim.
      Qani, bundan ham ichib
      ko‘ringlar-chi, – deya ularga
      quyib uzatdi. O’zi esa shampan
      vinosidan jindakkina ho‘plagan
      bo‘ldi.
      Erkaklar qadah ko‘tarishdi. Tez
      orada "zaharlangan” aroq o‘z
      ishini qildi: "sher yigitlar”
      tarrakdek qotishdi. "Sho‘rlik
      beva” juda ahvoli tang ekanmi,
      Qosimning ham, Akrom akaning
      ham bor-budini shilib, poezd
      Samarqandga yetgach,
      vagondan tushib qoldi...
    Категория: IBRATLI HIKOYALAR | Просмотров: 2380 | Добавил: Mufazzal | Рейтинг: 5.0/1
    Всего комментариев: 2
    2  
    зур чикибди

    1  
    Rahmat

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]