JUMA, 2017-DEKABR-15, 23:39:39

WWW.AJOYIB.NET

Меню сайта
Категории раздела
SHOU BIZNES
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
QIZIQARLI
DUNYO XABARLARI
MO'JIZA
AVTOMASHINALAR
KOMPYUTERLAR UCHUN
FOYDALI MASLAHATLAR
TIBBIYOT OLAMI
MOBIL_TELFONLAR
SPORT_YANGILIKLARI
TANLOV
PSIXOLOGIYA
TALAB VA TAKLIF
IBRATLI HIKOYALAR
FIKR MULOHAZA
SHERIYAT
Мини-чат
         Rang tanlash
200
Наш опрос
SIZGA QAYSI SOXA KO'PROQ YOQADI
JAVOBLAR SONI: 253
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHMON 1
FOYDALANUVCHILAR 0
Форма входа
LOGIN
PAROL:
Поиск
Календарь
«  MART 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Главная » 2012 » MART » 21 » Bozor "Madonna" si
    12:04:40
    Bozor "Madonna" si

    Isiriq olish uchun bozorga tushgandim. Darvozadan kiraverishda somsa sotib o'tirgan ayolni ko'rib, beixtiyor to'xtab qoldim. Rostini aytsam, bunday mukammal xilqatni umrimda ko'rmagandim. Yuzi shu qadar tiniq, qosh -ko'zi, lablari shu qadar mutanosib, shu qadar jozibali ediki, rahmatli Chingiz Axmarov tirilib kelsa, o'zbek madonnasini shu ayolga qarab chizgan bo'lardi. Xayolimdan "Qaysi baxti chopgan er shunday pari-paykal bilan yasharkan" degan o'y kechdi.


    Xarid qilib qaytib chiqayotib, g'alati shovqin-suron eshitdim. Yaqin kelib, tag'in beixtiyor to'xtab qoldim. Boyagi ayol ro'parasida ozodagina kiyingan, bo'yinbog' taqqan bir kishi ko'zini pirpiratib, esankirab turar, chamash qayoqqa qochishini bilmay g'ujanak bo'lib olgandek edi. Somsa vajidan e'tiroz bildirganmi, oralaridan noxushroq gap o'tganmi, xullas, ayol shu qadar qalashtirib xaqorat qilar, og'zidan shu qadar iflos so'zlar otilib chiqardiki, qirq yil ko'mir tashigan aravakash bunday so'kinishlarni eshitsa, o'zi xam, oti xam, aravasi xam, borinki ko'miri xam uyatdan qizarib ketgam bo'lardi! Yomon gap odamni xunuk qilib yuborishini shunda ko'rdim. "Pari-paykal" ning chiroyli ko'zlari olayib ketgan, oydek yuzi qiyshayib, vaximali tus olgandi. . .
    Xayolimda "qaysi baxti qaro er shunday alvasti bilan yasharkin?" degan o'y kechdi. . .
    Категория: FIKR MULOHAZA | Просмотров: 380 | Добавил: Mufazzal | Рейтинг: 5.0/1
    Всего комментариев: 3
    3  
    Yaxwi

    2  
    Yoqtimi

    1  
    Raxmat

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]