SHANBA, 2017-OKTYABR-21, 19:54:06

WWW.AJOYIB.NET

Меню сайта
Категории раздела
SHOU BIZNES
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
QIZIQARLI
DUNYO XABARLARI
MO'JIZA
AVTOMASHINALAR
KOMPYUTERLAR UCHUN
FOYDALI MASLAHATLAR
TIBBIYOT OLAMI
MOBIL_TELFONLAR
SPORT_YANGILIKLARI
TANLOV
PSIXOLOGIYA
TALAB VA TAKLIF
IBRATLI HIKOYALAR
FIKR MULOHAZA
SHERIYAT
Мини-чат
         Rang tanlash
200
Наш опрос
SIZGA QAYSI SOXA KO'PROQ YOQADI
JAVOBLAR SONI: 252
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHMON 1
FOYDALANUVCHILAR 0
Форма входа
LOGIN
PAROL:
Поиск
Календарь
«  MART 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Главная » 2012 » MART » 25 » Engqiziqarli malumotlar Oqing zerikmaysiz
    16:39:11
    Engqiziqarli malumotlar Oqing zerikmaysiz


    Eng qimmat film bugungi kunga qadar "Titanik" hisoblanadi, unga 200 million dollar sarflangan. Shunday bo'lishiga qaramasdan bu film allaqachon o'zining sarflangan xarajatlarini bir necha barobar oqlagan.


      

    Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining kitobi hisoblanadi. Bu oynali harflar yordamida qimmatbaho qog'ozga bitilgan "Lester kodeksi" va "Yerdagi suv va osmon ishlari" deb nomlangan asarlar bo'lib, uni Bill Geyts 24 million dollarga sotib olgan.

    ***

    Eng qimmat reklama "Pepsi" kompaniyasiga tegishli, ushbu kompaniya mahsulotini reklama qilgan pop yulduzi Britni Spirsga 7,53 million dollar to'lagan.

    ***

    Dunyodagi eng qimmat stadion Parij shahri yaqinida joylashgan "Stade de France" o'yingohi hisoblanadi. Ushbu o'yingohning qurilishiga 460 million yevro sarflangan.

    ***

    Jahondagi eng qimmat savdo markasi "Koka-kola" hisoblanadi. Uning bahosi 68,9 milliard dollarga teng.

    ***

    Dubaydagi "Burj Al Arab" mehmonxonasining eng arzon xonasida mehmon bo'lmoqchi bo'lsangiz, 770 yevro to'lashingizga to'g'ri keladi. Agar cho'ntagingiz baquvvatroq bo'lsa, bemalol barcha qulayliklarga ega bo'lgan xonani ijaraga olishingiz mumkin. Bunday xonalarning bir kunlik narxi 7700 yevro turadi.

    ***

    Sayohatga eng ko'p mablag' sarflaganlar dunyo bo'yicha amerikalik Dennis Tito va Janubiy Afrika Respublikasining fuqarosi Mark Shattlvort hisoblanadi. Ular kosmosga sayohat qilish uchun 20 million dollardan haq to'lashgan.

    ***

    Eng qimmat sigareta "Treasure" deb nomlanib, uning bir qutisi 24 yevro narxda turadi.

    ***

    Jahondagi eng qimmat shahar kunchiqar mamlakatning poytaxti Tokio hisoblanadi. Yuqori texnologiyalar markazi hisoblangan shaharga tashrif buyurish uchun anchagina miqdorda mablag'ga ega bo'lishingiz kerak.

    ***

    Piter Paul Rubensning surati eng qimmat rasm hisoblanadi. U 73,5 million yevroga sotilgan.

    ***

    Eng qimmat tufli mashhur zargar Styuart Vaytsman tomonidan yaratilgan. Mazkur tufli 642 dona yoqut bilan bezatilgan bo'lib, tannarxi 1,6 million yevro turadi.

    ***

    Zaminimizdagi eng qimmatbaho qahva Indoneziyaning Sumatra orolida yetishtiriladi. "Kopi Lyuvak" deb nomlangan bu qahva turining to'rtdan bir funti bahosi 75 dollar turadi.

    ***

    Eng qimmatbaho avtomobil hozirgi kunda "Maybach-62" hisoblanadi. Bu avtomobilning o'rindiqlari yotish uchun ham moslashtirilgan. Unda DVD pleyer ham mavjud. Ushbu o'rindiqning narxi 360 ming yevro turadi.

    ***

    Dunyodagi eng qimmatbaho qo'g'irchoq "Barbi" hisoblanadi. Ko'ylaklari haqiqiy olmoslar bilan bezatilgan ushbu qo'g'irchoqning bahosi yuz ming yevro turadi.

    ***

    Dunyodagi eng katta shaxmat donasi shvetsiyalik Mats Allans tomonidan yasalgan "qirol" ekan. Uning balandligi - 4 metr, asosining diametri - 1,4 metrni tashkil etadi.

    ***

    200 yildan ziyodroq vaqt ilgari rus ayoli 27 tug'riq bilan jami 69 farzandni dunyoga keltirgan. U to'rt marta to'rttadan, yetti marta uchtadan va 16 marta ikkitadan bola tuqqan. Eng ajablanarlisi u biron marta yakka farzand ko'rmagan. Farzandlari soni ko'pligi jihatidan ikkinchi o'rinni bundan 500 yil avval dunyodan ko'z yumgan nemis ayoli band etgan. Uning Beniggeymdagi qabrtoshida 38 nafar o'g'il va 15 nafar qizning onasi bo'lgani qayd etilgan.

    ***

    2000 yilning 28 noyabrida Nyu-York (Amerika Qo'shma Shtatlari)dagi Tayms-Skverda ochilgan "Izi Evrising" internet-kafe 648 kompyuter terminallari bilan jihozlangan.

    ***

    Hamma sayyoralar ichida Yupiter o'z o'qi atrofida eng tez aylanishi aniqlangan. Yupiter yuzasidagi nuqta yer hisobi bilan soatiga 500 kilometr tezlikda harakatlanar ekan. Yupiterda sutka atigi o'n soatcha davom etadi.

    ***

    Qo'shiqchilik tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak Enriko Karuzoning eng ko'p haq to'langan xonanda bo'lganiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Karuzoning davlati 8 million oltin markaga teng bo'lgan. Buncha miqdordagi pulni u kontsertlarida gonorar va plastinkalar savdosidan ulush sifatida ishlab topgan.

    ***

    1988 yilda Maykl Jekson "Pepsi-Kola"ning atigi to'rttagina reklama roligida 21 million dollar ishlagan
    Категория: MO'JIZA | Просмотров: 1400 | Добавил: sevgi__2012 | Рейтинг: 0.0/0
    Всего комментариев: 7
    7  
    Heh

    6  
    omad

    5  
    Sevgi kimd sevas

    4  
    Malimot u.n rahmat

    3  
    Ma'lumot uchun rahmat

    2  
    яшанг

    1  
    Eng wirin tuygu Sevilish va Sevishdir

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]