SESHANBA, 2018-YANVAR-23, 20:10:05

WWW.AJOYIB.NET

Меню сайта
Категории раздела
SHOU BIZNES
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
QIZIQARLI
DUNYO XABARLARI
MO'JIZA
AVTOMASHINALAR
KOMPYUTERLAR UCHUN
FOYDALI MASLAHATLAR
TIBBIYOT OLAMI
MOBIL_TELFONLAR
SPORT_YANGILIKLARI
TANLOV
PSIXOLOGIYA
TALAB VA TAKLIF
IBRATLI HIKOYALAR
FIKR MULOHAZA
SHERIYAT
Мини-чат
         Rang tanlash
200
Наш опрос
SIZGA QAYSI SOXA KO'PROQ YOQADI
JAVOBLAR SONI: 253
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHMON 1
FOYDALANUVCHILAR 0
Форма входа
LOGIN
PAROL:
Поиск
Календарь
«  APREL 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Главная » 2012 » APREL » 30 » OZODBEKNING KONSERTI
    01:46:32
    OZODBEKNING KONSERTI

    TOShKENTDA 30 KUNLAB KONSERT BERIB, REKORD
    O‘RNATGAN YuLDUZNING OKEAN ORTIDAGI KONSERTIDA ATIGI 300
    KIShI?!

    Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi bir yurtdoshimiz shunday deydi:
    "Biz Shukrullo Isroilov ta’rif bergani kabi gasterbayterlar
    emasmiz! Kennedi aeraportida videoreklama qilishibdiyu,
    Isroilovning murojaat so‘ngida tiliga juda erk bergani qalbimizni
    chilparchin qildi. Konsertga borish shashti videoni ko‘rdim-u,
    so‘ndi. Mayli, u ta’riflagancha gasterbayterlar konsertga
    kelar ham, ular pul to‘lab chipta xarid qilmaganida, tomoshabin
    bo‘lib o‘tirmaganida, kimga konsert berishardi? Yo tekinmidi
    fonogrammadagi shoulari? Axir, kim bo‘lganda ham bir
    Vatanning farzandlarimiz-ku?!”
    Shundan so‘ng, o‘sha ko‘ngillarni chilparchin qilgan videoni
    saytda taqdim etish uchun yuborishdi ham. Tomosha qilar
    ekanmiz, muxlisning gapida jon borligiga amin bo‘ldik. Biroq,
    uni yana ommaga taqdim etishni lozim topmadik. Shundoq ham
    iinternet tarmog‘ida tarqalib ketgan "videoreklama”dan
    ko‘pchilik xabar topgani aniq. Qilar ishni qilib qo‘yib, atrofdan
    aybdor izlaymiz? Nahot, san’atkorlar nima gapirayotganini yetti
    o‘lchab, bir kesmasa?! So‘z qudrati
    qilichdek o‘tkir, zahar kabi achchiq, gohida axlat kabi badbo‘y
    ekanligini anglashmasa?! Mana oqibati. Nyu-Yorkdagilar
    konsert qolib, aynan shu video muhokamasiga o‘tib ketishgani
    afsuslanarli hol.
    OAV xodimlaridan biri shunday deydi: "Ozodbek qo‘lidan
    kelganicha zo‘r kuylashga harakat qildi. Musiqachilarini olib
    kelolmagani uning aybi emas. Tashkilotchilikda juda katta
    kamchiliklar bor. Nazarbekovdek birinchi raqamli xonandalar
    uchun "Millenium” kabi zallar kichkinalik qiladi. Muxlislari talay.”
    Ma’lumotlarga qaraganda, "okean orti”da so‘nggi yillarda
    uyushtirilayotgan ko‘plab konsertlar omadsizlikka yuz
    tutmoqda. Tohir Sodiqovning yakkaxon konsertidan to bir
    necha yulduzlarni jamlagan gala-konsertlargacha chipta
    xarid qilayotgan tomoshabinlar soni juda kamligi ta’kidlanadi.
    Bu borada esa hadeb san’atkorlardan ayb izlash yaramaydi. Gap
    tashkilotchilikka borib taqaladi. Mas’uliyatsizlikmi? Shu o‘rinda
    boshqa sabab ham topiladi: balki odamlarda ishonch
    yo‘qolgandir? Axir, Toshkentdan mehmon yulduzlar viza olib
    kelguniga qadar shoshib konsert kunlarining e’lon qilinishi va
    reklama qilingan kunda konsert berilmasligi chipta
    xarid qilganlar xafsalasini pir qilar?
    Yana kim biladi deysiz? Bunday omadsiz hollar bejizga emas.
    Obdon o‘ylab ko‘rish fursati yetganday. Kim ishidan deb turgan
    mahalimiz, kim tilidan topdi...Qadam bosishning, o‘ylab
    gapirishning mavridi yetdi. Ha, shunday!
    Darvoqe, endi hamma ayb internet qurg‘urga taqaladi. Axir,
    xonanda xorijdagi gastrolining xato va kamchiliklarini bekitib,
    chalasini yashirib, borini oshirib borib aytaman
    deguncha, hammasidan hamma aniq, ravshan boxabar
    bo‘lmoqda! Shunday ekan, ommani aldab bo‘lmaydi.
    Yaratganning ishlari-da! Balki, real tilda aytganda, davrning
    ildamligiyu, zamonning tezlashganidir...
    P/S. Yana bir gap. Xorijdagi yurtdosh konsert tashkilotchilarimiz,
    kim o‘zarga o‘ynab, boshbadoqlik qilguncha, birlashib, bir
    yoqadan bosh chiqarishganida bunday kamchiliklar o‘z-o‘zidan
    barataraf bo‘larmidi?! Bunga to‘sqinlik qiladigan kibr yoki
    boshqa ko‘zga ko‘rinar-ko‘rinmas sabablarni bir chetga surib,
    bir kalla yaxshi, bir nechtasi undan yaxshi bo‘lishi haqida ozgina
    o‘ylab ko‘rish kerakmikan?! Axir, yutuq ham, kamchilik ham
    o‘zimizniki. Muammoni o‘z vaqtida yechmasak, boshimizning
    gap-so‘zlarga qolib ketishi ham o‘zimizniki bo‘lib qoladi.
    Aqllilik qilmoqchi emasmiz-u, aslida bor gap ham shu-da!

    Категория: SHOU BIZNES | Просмотров: 809 | Добавил: $aYt-QiRoLi | Рейтинг: 0.0/0
    Всего комментариев: 12
    12  
    Achinarli

    11  
    Xozi xammaga qiyin

    10  
    hujumga.

    9  
    olg'a :bash:

    8  
    gap y6.

    7  
    xm.

    6  
    omad gap y6.

    5  
    Omad ijodiga

    4  
    Zo'r

    3  
    urre.

    2  
    man biyin4i.

    1  
    man 1.

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]