JUMA, 2017-DEKABR-15, 23:42:47

WWW.AJOYIB.NET

Меню сайта
Категории раздела
SHOU BIZNES
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
QIZIQARLI
DUNYO XABARLARI
MO'JIZA
AVTOMASHINALAR
KOMPYUTERLAR UCHUN
FOYDALI MASLAHATLAR
TIBBIYOT OLAMI
MOBIL_TELFONLAR
SPORT_YANGILIKLARI
TANLOV
PSIXOLOGIYA
TALAB VA TAKLIF
IBRATLI HIKOYALAR
FIKR MULOHAZA
SHERIYAT
Мини-чат
         Rang tanlash
200
Наш опрос
SIZGA QAYSI SOXA KO'PROQ YOQADI
JAVOBLAR SONI: 253
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHMON 1
FOYDALANUVCHILAR 0
Форма входа
LOGIN
PAROL:
Поиск
Календарь
«  MART 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Главная » 2012 » MART » 21 » Sen jilmayding
    09:36:47
    Sen jilmayding

    SeN JILMAYDING

    Sen jilmayding — yorishdi dunyo,
    Pok hislarga qorishdi dunyo.
    Lekin mening telba yuragim
    Qayg‘ularga alishdi dunyo.

    Sen jilmayding — o‘t oldi yurak,
    Bo‘ronlarda qo‘zg‘oldi yurak.
    Bir tabassum ko‘yida sarson —
    Bo‘lib yana yo‘qoldi yurak.

    Sen jilmayding — tiniqlashdi ruh,
    Sevinchlarga yor bo‘ldi anduh.
    Faqat mening telba ko‘nglimda
    Bir tabassum yashaydi ulug‘...

    XAZONNI YAXSHI KO‘RAMAN
    Men xazonni yaxshi ko‘raman,
    Yuragimda yashagaydir kuz.
    Men xazonni bosib yuraman,
    Yuragimni bosaman, afsus.

    Men armonni yaxshi ko‘raman,
    Armonlardan ezilar yurak.
    Izlarini ko‘zga suraman,
    Oshinoman dardlarga demak.

    Men gumonni yaxshi ko‘raman,
    Yuragimda yashaydi shubha.
    Ishonmasdan kulib turaman:
    Nahot kuzlar bo‘ladi turfa?

    Men osmonni yaxshi ko‘raman,
    Yulduzlarga yetadi qo‘lim.
    Samogacha narvon quraman,
    Etagimdan tutmagin, o‘lim!..

    ISHQDAN QO‘RQAMAN
    Rosti gap — men ishqdan qo‘rqaman,
    Qo‘rqaman o‘zimdan... ko‘nglimdan.
    Ishq tomon bormoqchi bo‘laman,
    Qaytaman ming bora yo‘limdan.

    Sevishdan qo‘rqaman juda ham —
    Yuragim shundoq ham sadpora.
    Ko‘nglimda ming anduh, ming alam,
    Telba dil dard bilan ovora.

    Sevishdan qo‘rqaman men juda,
    Oshiqlik fidolik demakdir.
    Sevishni istamam behuda,
    Yuragim bir yoniq yurakdir.

    Rosti gap, sevgidan tonaman —
    Muhabbat bor-yo‘g‘i ertak-ku!..
    Yonaman... Men nechun yonaman —
    Sevishni istagan yurak-ku.
    Категория: SHERIYAT | Просмотров: 438 | Добавил: sevgi__2012 | Рейтинг: 0.0/0
    Всего комментариев: 3
    3  
    Yana kutib qolamiz

    2  
    Ijodizga omad

    1  
    omad zo'r

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]