SHANBA, 2017-OKTYABR-21, 19:57:05

WWW.AJOYIB.NET

Меню сайта
Категории раздела
SHOU BIZNES
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
QIZIQARLI
DUNYO XABARLARI
MO'JIZA
AVTOMASHINALAR
KOMPYUTERLAR UCHUN
FOYDALI MASLAHATLAR
TIBBIYOT OLAMI
MOBIL_TELFONLAR
SPORT_YANGILIKLARI
TANLOV
PSIXOLOGIYA
TALAB VA TAKLIF
IBRATLI HIKOYALAR
FIKR MULOHAZA
SHERIYAT
Мини-чат
         Rang tanlash
200
Наш опрос
SIZGA QAYSI SOXA KO'PROQ YOQADI
JAVOBLAR SONI: 252
Статистика

HOZIR SAYTDA 1
MEHMON 1
FOYDALANUVCHILAR 0
Форма входа
LOGIN
PAROL:
Поиск
Календарь
«  APREL 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Главная » 2012 » APREL » 14 » SEVGI DUNYOSI
    19:20:33
    SEVGI DUNYOSI


    Kunlarning birida ikki 
    dengizchi dunyo bo‘ylab 
    sayohatga chiqishibdi. 
    Ularning maqsadi o‘z 
    baxtlarini topish ekan. 
    Jahongashtalar bir orolga 
    suzib borishibdi. U yerda 
    bir qabila yashar, qabila 
    sardorining ikki qizi bor 
    ekan. Kattasi chiroyda 
    tengsiz, kichigi esa andak 
    ko‘rksizroq ekan. 
    Dengizchilardan biri 
    sherigiga debdi: — Bo‘ldi, 
    men o‘z baxtimni topdim, 
    shu yerda qolaman va 
    sardorning qiziga 
    uylanaman. — Ha, sen 
    haqsan, sardorning katta 
    qizi sohibjamol, oqila. 
    Qaroring to‘g‘ri – uylan. — 
    Meni tushunmagan 
    ko‘rinasan, do‘stim. Men 
    sardorning kichik qiziga 
    uylanmoqchiman. — 
    Nima, aqldan ozdingmi? 
    Axir u… unchalik ham… — 
    Qarorim qat’iy – shunday 
    qilaman. Do‘sti o‘z baxtini 
    izlab dengiz sayohatida 
    davom etibdi. Kuyovbola 
    esa qizning qo‘lini 
    so‘rashga otlanibdi. 
    Qabilada bir odat bor 
    ekan: qalin uchun sigir 
    berilar, yaxshi qizlarning 
    qalini o‘n sigirni tashkil 
    qilar ekan. 
    Dengizchi o‘nta sigirni olib, 
    sardorning qoshiga 
    kelibdi. — 
    Sardor, men sening 
    qizingga 
    uylanmoqchiman. Evaziga 
    o‘nta 
    sigir berishga tayyorman. 
    — 
    To‘g‘ri tanlabsan. To‘ng‘ich 
    qizim 
    ham xushro‘y, ham oqila. 
    U o‘n 
    sigirga arziydi. Men 
    roziman. — 
    Sardor, meni 
    tushunmading. Men 
    sening kichik qizingni 
    so‘rab 
    keldim. — Nima, 
    hazillashyapsanmi? 
    Ko‘rmayapsanmi, u axir… 
    unchalik… — Men aynan 
    shu 
    qizingga 
    uylanmoqchiman. — 
    Yaxshi, biroq, adolatim 
    haqqi, 
    men sendan o‘nta emas, 
    uchta 
    sigir olishim mumkin. 
    Chunki 
    kichik qizim faqat shunga 
    arziydi. — Yo‘q, men o‘nta 
    sigir 
    beraman. Xullas, 
    sayohatchi 
    sardorning kichik qiziga 
    uylanibdi. Yillar o‘tib, 
    jahongashta do‘st shaxsiy 
    kemasida shu orolga 
    qaytib 
    kelibdi. Uning maqsadi 
    do‘sti 
    qanday hayot 
    kechirayotganligini bilish 
    edi. 
    Do‘stining manzilgohiga 
    kelgan 
    ham edi, uni husn-u 
    jamolda 
    benazir ayol qarshi oldi. 
    Ayoldan 
    do‘stini so‘rab bildi. Kelib 
    ko‘rdi: 
    do‘sti o‘tirar, atrofida 
    bolalari 
    o‘ynoqlashar edi. — 
    Turmushing 
    qanday? — Baxtliman. 
    Shunda 
    yonlariga boyagi go‘zal 
    ayol 
    kelib to‘xtadi. 
    — Mana, tanish. Bu – 
    rafiqam. 
    — Tushunmadim, yana 
    uylandingmi? 
    — Yo‘q, bu – o‘sha ayol. 
    — Lekin bu qanday ro‘y 
    berdi: u 
    juda 
    ham o‘zgarib ketibdimi? 
    — O‘zidan so‘ray qol. 
    Mehmon 
    ayolga so‘z qotdi: — 
    Qo‘polligim uchun kechir, 
    lekin 
    eslashimcha, sen unchalik 
    ham… 
    Bu 
    go‘zallikka qanday 
    erishding? 
    — Shunchaki men o‘nta 
    sigirga 
    arzirli 
    ekanimni tushunib qoldim. 
    Qissadan hissa: o‘zingizni 
    nimaga loyiq 
    deb bilsangiz, siz undan 
    boshqa 
    narsa 
    emassiz.
    Категория: SEVGI | Просмотров: 618 | Добавил: SARVIDDIN_BEK | Рейтинг: 0.0/0
    Всего комментариев: 10
    10  
    Qoyilman

    9  
    biymadim.

    8  
    Nima 6ji u.

    7  
    4evgi.

    6  
    Ман хам саёҳатга чиксаммикан. Ўкиб мазза килдим каттакон рахмат

    5  
    арзийди

    4  
    арзийди

    3  
    Oxo mazza qildim oqib rahmat

    2  
    gap yo'q raxmat

    1  
    man bir

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]